17:44 / 22.04.2017
4533

OAV: Fitch ulkan qarzdorlik sabab Italiyaning moliyaviy reytingini pasaytirdi

Amerikaning xalqaro Fitch reyting agentligi Italiyaning moliyaviy reytingini "VVV+"dan "VVV"ga tushirib, bir daraja pasaytirdi. Messaggero gazetasining yozishicha, biroq prognoz barqaror qolmoqda. 

Reytingni pasaytirishga mutaxassislarning ulkan tashqi davlat qarzi bo‘lishi barobarida mamlakatdagi siyosiy vaziyatga salbiy baho bergani sabab bo‘lgan. "Zaif hukumat va siyosiy beqarorlik tavakkalchiliklar ehtimolini kuchaytirdi", - deya agentlik xulosasidan iqtibos keltiradi gazeta. 

Bundan tashqari, Fitch agentligiga ko‘ra, Italiya davlat qarzi miqdorini kamaytirish vazifasini uddalay olmagan. "Natijada davlat iqtisodiy larzalar qarshisida ancha zaifdir", - deya xulosa qilgan agentlik. 

Italiya bank tizimiga nisbatan ham salbiy prognoz qilingan. Fitch agentligi Italiyaning bu yilgi iqtisodiy o‘sishi 0,9 foiz bo‘lishini taxmin qilmoqda. Kelasi yilda u 1 foizni tashkil etadi. 

2016 yilda Italiya davlat qarzi YaIMning 133 foizini tashkil etdi. Bu esa, yevro hududida Gretsiyadan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Mavzuga oid
Top