09:58 / 22.04.2017
12644

OAV: minnesotalik musulmon qiz hijobda boksga tushish huquqini qo‘lga kiritdi

Amerikaning Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli musulmon qiz Amaliya Zafar AQShda hijobda boksga tushish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Star Tribune nashri yozmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bokschi qizning diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda, unga AQShda hijobda ringga ko‘tarilishiga hamda jang vaqtida qo‘l-oyoqlarini libos bilan o‘rab olishiga ruxsat berilgan. 

"Bu muhim qadamdir. U buning uchun ko‘p harakat qildi. U o‘z imkoniyatlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritganidan xursandman", — degan boschining murabbiyi Nataniel Xayle.

Top