Xitoyning fazoviy yuk kemasi "Tyanchjou-1" ("Fazo kemasi-1") va "Tyangun-2" ("Fazo saroyi-2") laboratoriyasi fazoda o‘zaro birlashdi.
Uning birlashuvi avtomatik ravishda mahalliy vaqt bilan 12:16da amalga oshgan. Bu jarayon Xitoy markaziy televideniyesi orqali namoyish etilgan.
Xitoy 20 aprel kuni Xaynan viloyatidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan "Chanchjen-7" raketa tashuvchisi yordamida Xitoyning birinchi milliy yuk tashuvchi fazo kemasi "Tyanchjou-1"ni uchirgan edi.
U bortida 6 tonna yukni olib chiqdi. Yuklar orasida "Tyangun-2" laboratoriyasi uchun yoqilg‘i va boshqa uskunalar bor edi.