O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining birdaniga beshta tumanida IIB boshlig‘i o‘zgargan.
Xususan, podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIBga, podpolkovnik G‘oziyev Dilshod To‘rayevich – Parkent tumani IIBga, podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich – Piskent tumani IIBga, podpolkovnik Qo‘ziboyev Bahrom Bahodirovich – Chinoz tumani IIBga va podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovich – Quyi Chirchiq tumani IIBga boshliq etib tayinlandi.
Avvalroq Qo‘qon shahar IIBga ham yangi boshliq tayinlangani haqida xabar bergandik.