12:58 / 22.04.2017
6152

«Yuventus» «Manchester Siti»ga Leonardo Bonuchchini sotish shartini ma'lum qildi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi hamon «Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchini sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «Siti» turinliklarga norasmiy ravishda Bonuchchining transferini narxini ma'lum qilishlarini so‘ragan. «Yuve» dushanba kuni 30 yoshga to‘ladigan Bonuchchining transferini 50 million funtga (taxminan 58 million yevro) baholagan. Bu himoyachi uchun to‘lanadigan rekord miqdordagi mablag‘ sanaladi.

Nashrning ishonch bilan ta'qidlashicha, Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida eng asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida aynan Bonuchchiga e'tiborini qaratadi. Jamoa markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish ilinjida bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top