00:24 / 23.04.2017
7344

«Chelsi» Angliya kubogining dastlabki finalchisiga aylandi

Angliya Kubogining 1/2 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv nihyaosiga yetdi. Unda «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari kuch sinashdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Villian jarima zarbasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Harri Keyn farqni yo‘qqa chiqargandi. Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida Villian Viktor Mozesga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda dastlab Dele Alli yana hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng «Chelsi» tarkibda bir qator asosiy futbolchilarni tushirdi va bu o‘z foydasini berdi. Avvaliga zaxiradan maydonga tushgan Eden Azar jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Nemanya Matich bu farqni yana bittaga oshirdi — 4:2. Natijada «Chelsi» kubokning dastlabki finalchisiga aylandi.

Ikkinchi yarim final ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib borishadi.

Angliya Kubogi, 1/2 final

Chelsi – Tottenhem 4:2 (2:1)

Gollar: Villian (5, 43, penalti), Azar (75), Matich (80) – Keyn (18), Alli (52).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Ake, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro (Fabregas, 74), Batshuayi (Diyego Kosta, 61).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Vertongen, Tripper, Eriksen, Dembele, Vanyama (Nkudu, 80), Dayyer, Alli, Son Xyong Min (Uoker, 68), Keyn.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (4), Alonso (45), Alli (73), Kante (90+2).

Top