22:37 / 23.04.2017
5060

«Kristal Pelas» «Chelsi» va «Arsenal»dan keyin «Liverpul»ni ham mag‘lub etdi   

Angliya Premer-ligasining 34-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 1:2 hisobida yutqazdi.

O‘yinning 24-daqiqasida mersisaydliklar jamoasi Filippe Koutinoning jarima zarbasini golga aylantirishidan keyin oldinga chiqib oldi. Ammo jamoaning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda «Kristal Pelas» safida o‘ynayotgan Kristian Benteke 42 va 74-daqiqalarda urgan gollar Sem Ellardays shogirdlariga g‘alaba keltirdi. Qayd etish kerakki, «Kristal Pelas» shu oy davomida turnir yetakchilari «Chelsi» hamda «Arsenal» jamoalarini 2:1 hamda 3:0 hisoblarida yenggandi.

Endilikda «Liverpul» 66 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan. «Kristal Pelas» 38 ochkosi bilan 12-pog‘onada.

Angliya chempionati, 33-tur

Liverpul – Kristal Pelas 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 24 Koutino, 1:1 – 42 Benteke, 1:2 – 74 Benteke.
Liverpul – Minole, Matip, Klayn (Gruyich, 84), Lovren (Aleksander-Arnold, 79), Milner (Moreno, 82), Djan, Veynaldum, Koutino, Leyva, Firmino, Origi.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, Kelli, Uord, Kabay (Dileyni, 83), Milivoyevich, Taunsend, Panchon, Zaa (van Anxolt, 78), Shlupp, Benteke (Kempbell, 88).
Ogohlantirishlar: Benteke (40), Milivoyevich (60), Gruyich (89).

Mavzuga oid
Top