20:34 / 23.04.2017
7196

«Manchester Yunayted» g‘alaba qozondi va YeChL yo‘llanmasiga yaqinlashdi

«Manchester Yunayted» APLning 34-turida «Byornli» bilan o‘ynadi. Byornlidagi «Terf Mur» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Bu «MYu»ning APLda qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘olib chiqishi bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda Antoni Marsiyal va Ueyn Runi tomonidan urilgan gollar manchesterliklarga g‘alaba keltirdi.

Endilikda «MYu» to‘plagan ochkolar soni 63ta va jamoa APL turnir jadvalining beshinchi o‘rnida mustahkam joylashgan. Mourino shogirdlari «Manchester Siti»dan bir ochko ortda qolmoqda. «Byornli» 36 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati
34-tur

Byornli – Manchester Yunayted 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 21 Marsiyal, 0:2 – 39 Runi.
Byornli – Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi (Tarkovski, 46), Boyd (Gudmundsson, 62), Barton, Xendrik, Breydi, Grey, Barns (Adjyey, 75).
Manchester Yunayted –    De Xea, Blind, Bayi, Darmian, Errera, Yang, Pogba (Kerrik, 90), Fellayni, Lingard (Reshford, 70), Marsiyal (Mxitaryan, 80), Runi.
Ogohlantirishlar: Louton (65), Runi (78), Xendrik (88).

Top