07:46 / 23.04.2017
9678

Peres «Real» prezidentligi uchun saylovdan oldin katta transferni amalga oshirmoqchi

«Real» prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar paytida jamoaga yulduz futbolchilaridan birini olib kelishni istamoqda. Goal.com internet-nashri bergan xabarga ko‘ra, 70 yoshli funktsioner bu orqali to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovlar oldidan «qaymoqranglilar» ishqibozlari ko‘ngliga yo‘l topmoqchi.

2013 yilda Peres «Real» prezidentligiga qayta saylangach, 100 mln. yevro evaziga Garet Beylni sotib olgandi. Undan oldingi to‘rt yillik boshida esa u jamoaga Krishtianu Ronaldu, Kaka, Xabi Alonso va Karima Benzema jamoaga taklif etilgan.

Xabar qilinishicha, Peres yozgi transferlar rejasidan Antuan Grizmann («Atletiko») va Kilian Mbappe («Monako») o‘rin olgan. Shuningdek,  klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarni ham sotib olisha urinib ko‘radi. Peresning saylovlarda raqibi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi qaramasdan u «Real» prezidentligiga qayta saylanishini aynan yulduz futbolchini olib kelish orqali nishonlamoqchi.

Top