14:31 / 24.04.2017
11656

AQShda 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan avtobusdan tushib qoldi

Amerikaning Arkanzas shtatida 4 yoshli qizcha harakatlanayotgan avtobusdan katta yo‘lga tushib qoldi. Avtobus yonidan o‘tib ketayotgan avtomobillardan birining haydovchisi uni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. WBRC telekanalida shu haqida xabar berildi. 

Xaloskorning so‘zlariga ko‘ra, u mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida avtobusning orqa eshigi ochilib, qizchaning osilib qolganini ko‘rgan. Qizcha eshikni uzoq ushlab tura olmay, avtomobillar qatnaydigan yo‘lga tushib qolgan. Avtomobil haydovchisi to‘xtab, qizchaga yordamga shoshilgan. Qizchaning yoniga kelganida u hushsiz yotardi. 

"U o‘ziga kelib, onasini chaqira boshladi. Bunga qarash og‘ir edi", - deydi haydovchi. U tez yordam brigadasini chaqirib, bola bilan birga shifoxonaga borgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qizchaning jag‘ sohasi singan va u operatsiyaga muhtoj. 

Top