09:57 / 24.04.2017
7981

APLning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Chelsi» yarim himoyachisi N'Golo Kante Buyuk Britaniya professional futbolchilar kasaba uyushmasi talqiniga ko‘ra APLning 2016/2017 yilgi mavsumi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 26 yoshli futbolchi bu sovrinni o‘z faoliyatida ilk bor qo‘lga kiritdi.

Mukofotga shuningdek, Kantedan tashqari, Eden Azar («Chelsi»), Zlatan Ibrahimovich («Manchester Yunayted»), Garri Keyn («Tottenhem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sanches («Arsenal») ham da'vogarlik qilgandi.

Kante bu sovrinni qo‘lga kiritgan uchinchi fransuzga aylandi. Avvalroq APLda eng yaxshi o‘yinchi deb Patrik Viyera (2001) va Terri Anri (2004, 2006) ham e'tirof etilgan.

Top