18:30 / 24.04.2017
6501

Hindistonda maochi jangarilar hujumi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Hindiston markaziy zaxira politsiyasi Kuchlarining kamida 24 nafar xodimi Chxattisgarx shtatida maochi jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi, yana yetti nafari jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.

Avvalroq 11 politsiyachi halok bo‘lgani va yetti nafari jarohat olgani xabar qilingandi.

Telekanalning CRPF’dagi ikki manbaga asosan ta'kidlashicha, jabrlanganlardan biri halok bo‘ldi, voqea joyida 12 nafar politsiyachi jasadi topildi.

Hodisa Sukma okrugida dushanba kuni soat 12:30 da yuz berdi. CRPF xodimlari Chintaguxa aholi punkti yaqinida yo‘l xizmati xodimlari xavfsizligini ta'minlayotgan bo‘lishgan.

Bu maochilarning ushbu okrugda so‘nggi bir yarim oy davomidagi ikkinchi yirik hujumi – 11 mart kuni jangarilar politsiya otryadiga ham hujum qilishdi hamda 11 xodimni o‘ldirishdi.

Hindistonda maochi-jangarilar mamlakat qator shtatlari: Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa va boshqalarda faol harakat qilishadi. 

Top