19:38 / 24.04.2017
6716

Milliarder Jyek Ma robot-rahbarlarning paydo bo‘lishini taxmin qildi

Alibaba korporatsiyasi asoschisi, milliarder Jyek Ma Xitoy ishbilarmonlari klubi majlisida yaqin orada CEO-robotlarning paydo bo‘lishini taxmin qildi va texnologiya hamda internet rivoji tufayli an'anaviy biznesni "og‘riqli yillar" kutayotganini aytdi.

Maning fikricha, texnologiyalar rivojiga qaramay, robotlar inson o‘rnini egallamasligi kerak. Ishbilarmon robotlar - odamlar uchun "raqib emas, hamkor" bo‘lishi kerakligini aytdi.

Shunday bo‘lsa-da, Ma mashinalar ko‘p sohalarda ishchilar o‘rnini egallayotgani tan oldi va yaqin 30 yil ichida boshqaruvchi-robotlar paydo bo‘lishini taxmin qildi.

"Ehtimol, 30 yildan keyin Time muqovasida eng yaxshi CEO sifatida robotni ko‘rarmiz. U sizdan yaxshi xotiraga ega, sizdan tezroq hisoblaydi va raqiblardan jahli chiqmaydi".

Jyek Ma, Alibaba asoschisi

Jyek Ma 15 yil avval texnologiyalar va elektron kommersiyaning an'anaviy biznesga ta'siridan bir necha marta ogohlantirganini yodga soldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida internetga bog‘liq bo‘lmagan biznes jiddiy talofat ko‘radi.

Top