07:44 / 24.04.2017
3685

Nyu-Yorkda turar joy imoratidagi yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

AQShning Nyu-York shahridagi turar joy imoratida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 5 kishi, jumladan 3 bola halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda

"Assoshieyted Press" axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘plab odamlar jarohat olgan. Guvohlarning aytishicha, yong‘in ikki qavatli uyni qamrab olishidan avval gumburlagan ovozlar eshitilgan. Olov qo‘shni uylardan biriga ham o‘tib ketgan, deb xabar bermoqda nashr.   

Mavzuga oid
Top