21:13 / 24.04.2017
6382

Tramp WikiLeaks asoschisi Assanjning hibsga olinishiga qarshi emasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning hibsga olinishiga qarshi emasligini aytdi. Bu haqda International Business Times nashri xabar bermoqda

Tramp WikiLeaks’ni yoqtirishini aytgandan bir yil o‘tmay, uning asoschisining hibsga olinishiga qarshi emasligini aytmoqda. "Men bunda ishtirok etmayman, biroq Jyeff Seshns (AQSh bosh prokurori) buni istasa, men qarshimasman", deb aytdi Tramp Associated Press axborot agentligiga bergan intervyusida.   

Avvalroq Seshns Assanjning hibsga olinishi adliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini aytgan. 

Top