13:08 / 24.04.2017
5900

Turkiya ruslarning davlatda vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Anqara rossiyalik fuqarolarning Turkiyada vizasiz qolishiga oid maksimal muddatini uzaytirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma'lum qilgan.

"Endilikda rossiyaliklar Turkiyada vizasiz 90 kun davomida qolishi mumkin", - deya ma'lum qildi Chavusho‘g‘li Alaniyada jurnalistlar oldida chiqish qilib. Diplomat so‘zlarini Sabah gazetasi keltirgan.

Bunday qarorga qadar rossiyaliklar Turkiyada tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan turib 60 kun qolishi mumkin edi. Shu bilan birga, mamlakatda bo‘lishning umumiy muddati yarim yil davomida 90 kundan ortishi kerak emas.

Mart oyi oxirlarida Chavusho‘g‘li Anqara rossiyalik turistlarga mamlakatga xorijga chiqishga ruxsat beruvchi pasportlarsiz ham kirishga ruxsat berishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.

Top