13:38 / 24.04.2017
5867

O‘zbekiston va Niderlandiya soliq ma'lumotlarini o‘zaro ayirboshlaydi

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Niderlandiya bilan kelishuvga tuzatishlar kiritish protokolini tasdiqladi. Unda sarmoya va daromadlarga ikki tomonlama soliq solinmasligi uchun o‘zgartishlar kiritish nazarda tutilgan. 

Endilikda, 2017 yil 6 fevralda Haagada imzolangan hujjatga kiritilgan bandga muvofiq, tomonlardan birining talabi bilan ikkinchi tomon soliq ma'lumotini taqdim etishi mumkin. Xususan, tomonlar bank siriga doir axborotlarni ham oshkor eta olishadi.  

O‘zbekiston rahbarining topshirig‘iga binoan, respublika Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro kelishuvning kuchga kirishi uchun zaruriy ichki jarayonlar amalga oshirilgani haqida maktub yo‘llaydi. 

Hujjat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga asoslanadi. Unga ko‘ra, korrupsiya, jinoiy ishlar va boshqa moliyaviy firibgarliklar bilan bog‘liq ishlarda maxsus so‘rov yuborishni talab qiladi. 

Top