09:33 / 25.04.2017
7607

101 yoshli ayol 100 metr masofani chopib o‘tdi

Foto: AFP

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida hindistonlik 101 yoshli sportchi Man Kaur yuz metrlik masofani bir daqiqa va o‘n to‘rt soniyada chopib o‘tdi, deb xabar bermoqda BBC.

Kaur Butunjahon sport faxriylari o‘yinlarida o‘z yosh toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borgan yagona sportchi bo‘ldi. Musobaqalar boshlanishidan avval shifokorlar ayol sog‘lig‘i holatini jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, Man Kaur sport bilan 93 yoshidan boshlab shug‘ullana boshlagan.

Top