20:03 / 25.04.2017
4312

Bahraynda birdaniga 36 shaxs fuqarolikdan mahrum qilindi

Bahrayn jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi seshanba kuni 36 kishini qirollik fuqaroligidan mahrum qilish haqida qaror chiqardi. Ular terrorchilik guruhini tashkil etish, shuningdek kontrabanda va qurol-yarog‘ saqlashda ayblanmoqda, deb xabar beradi mahalliy "Al Vasat" gazetasi.

Bundan tashqari, sud bu guruhdagi uch ayblanuvchini umrbod ozodlikdan mahrum qildi, qolganlar esa 3 yildan 10 yilgacha qamaldi.

Bahrayn hukumati muxolifat guruhlarida faoliyat ko‘rsatgan hamda xavfsizlik kuchlariga qarshi zo‘ravonlik ishlatgan shialar vakillarini fuqarolikdan doimiy ravishda mahrum qiladi. O‘tgan yilning yozida qirollik hukumati taniqli shialar vakili Iso Qosimni fuqarolikdan chiqardi hamda unga nisbatan pul yuvish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu holat esa shialar orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Top