14:43 / 25.04.2017
13631

BMW ikki xil uzatmalar qutisi davri tugayotganini ma'lum qildi

Germaniyaning dunyoga mashhur BMW kompaniyasining savdo va marketing bo‘limi vitse-prezidenti Piter Kvintusga ko‘ra, yaqin orada mexanik va avtomatlashtirilgan uzatmalar qutisi deb ajratishdan ma'no qolmaydi. Uning Drive nashriga bergan intervyusida aytishicha, bir necha yildan so‘ng, avtomobil ishlab chiqaruvchilar faqat AUQdan foydalanadi. 

Kvintus bu boradagi taxminlarini bugungi kunda paydo bo‘layotgan ilg‘or AUQlar bilan izohladi. Hozirda, klassik avtomat uzatmalar qutisi 9ta va hatto 10tagacha uzatmaga ega. 

«Qachonlardir, DCT (ikkita ulagichli uzatmalar qutisi)ning ikkita ustunlik jihati bor edi: ular yengil hamda uzatmalarni o‘zgartirish tezligi yuqoriroq edi. Hozirda, uzatmalarni o‘zgartirishdagi tezlik ustunligi yo‘qoldi, chunki “avtomatlar” aqlliroq va yaxshiroq bo‘lib bormoqda» — degan Kvintus.

Top-menejyer, shuningdek, yangi avlod M3 va M4 modellari mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilishiga ishonchi komil emasligini bildirdi. 

Top