14:08 / 25.04.2017
11661

Endi meva-sabzavot mahsulotlarini elektron tizim orqali ham eksport qilish mumkin

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direktsiyasining rasmiy sayti bazasida va telegramm messenjeri orqali joriy yilning 1 fevralidan boshlab Trade.agrofair.uzelektron platformasi ishlamoqda.

Unda mahalliy va xorijiy korxonalar, fermer xo‘jaliklari va eksport qiluvchi korxonalar hech qanday to‘siqlarsiz interaktiv shakldagi elektron savdolarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Mahsulotlar narxlari shaffofligini ta'minlash maqsadida meva-sabzavot mahsulotlariga elektron tarzda ariza berilishi va bitimlar tuzilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvlar elektron tarzda amalga oshiriladi. Bu orqali ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchi narxlarning shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Ta'kidlab o‘tish joizki, elektron savdo ishtirokchilarining erkin foydalanishini, narx-navo shakllanishida shaffoflik va xolislikni ta'minlash bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari hokimliklari bilan hamkorlikda seminarlar va takdimot marosimlari o‘tkazildi. Bunday tadbirlar respublikamizning qolgan hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasida O‘zbekiston Savdo Sanoat Palatasi va O‘zbekistondagi GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) vakillari hamkorligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘istonlik ishbilarmon va tadbirkorlar bilan uchrashuvda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direktsiyasi tomonidan “Trade.agrofair.uz” taqdimoti o‘tkazildi.

Ayni paytda fermer xo‘jaliklari va eksport qiluvchi korxonalar tomonidan Trade.agrofair.uz sayti orqali elektron savdolar tashkil etilishiga katta qiziqish bildirilmoqda. Jumladan, quyida elektron bitimlardan namunalar taqdim qilinadi.

Opisaniye: Opisaniye: C:\Users\wm05\Desktop\photo_2017-04-24_16-34-20.jpg

Opisaniye: Opisaniye: C:\Users\wm05\Desktop\photo_2017-04-24_16-34-20.jpg

Top