19:12 / 25.04.2017
6326

EXPO Restaurants & Cafes 2017 ko‘rgazmasida qatnashish uchun 5 sabab

2017 yil 6-8 sentabr kunlari Toshkentda II Xalqaro «EXPO Restaurants & Cafes» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. U HoReCa segmenti uchun turli jihozlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislar, restoran biznesi vakillarini bir joyga to‘playdi.

Bu nima o‘zi?

Bu ming kishilik qulay reklama va biznes maydoni. Salohiyatli sarmoyadorlar, xususiy tadbirkorlar, restoran xo‘jayinlari, top-menejmenti, restoran biznesi hamkorlari va umumiy ovqatlanish korxonalari mijozlari.

Ishtirok etish uchun 5 sabab

  • Sohaga doir OAV bilan hamkorlik. Ko‘rgazma katalogi qatnashuvchilar va boshqa onlayn-offlayn maydonlar vakillari orasida tarqatiladi.
  • Ko‘rgazmani o‘tkazish uchun qulay vaqtning tanlangani yangi yil mavsumoldi va kelgusi yildagi faoliyatingizni puxta rejalashtirish imkonini beradi.
  • Maqsadli auditoriya bilan uchrashuv va bevosita muloqotingiz xizmatlaringiz va mahsulotlaringizni sotish imkoniyatini bir necha marta oshiradi va mijozda shunchaki uchrashuv, degan sovuq taassurot qoldirmaydi.
  • Aloqalaringizni kengaytirish va yangi hamkorlar hamda mahsulotlarni uzluksiz yetkazib bera oladiganlarni topish imkoniyati.
  • Real vaqt mobaynidagi eng yirik reklama maydoni – 3 kun ichida 1000 nafardan ortiq kishi.

Men tadbirkor emasman, shartmikan?

«EXPO Restaurants & Cafes 2017» xalqaro ko‘rgazmasida Toshkentning umumiy ovqatlanish borasida muvaffaqiyat qozongan barcha korxonalarini bilib olish mumkin. Unda siz restoran biznesidagi asosiy trendlar, umumiy ovqatlanish sohasidagi yangi xizmatlardan xabardor bo‘lasiz, o‘zingiz yoqtirgan oshxona va restoranlarning bosh oshpazlari bilan tanishasiz. Ularning master-klass va taqdimotlarida ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, turli xil sok va ichimlik suvlari, oshxona asbob-uskunalari, jihozlari, mebel va idishlarini ishlab chiqaruvchilar bilan tanishish imkoniyati.

II Xalqaro «EXPO Restaurants & Cafes» ko‘rgazmasi yangi yil mavsumi oldidan o‘tkaziladi. Bu vaqtda restoran biznesi namoyondalari ushbu mavsum oldi va kelasi yil uchun  tayyorgarliklarini ko‘ra boshlaydi. Shu sababli, siz restoranlar jadvalidan xabardor bo‘lib, o‘z tantanangiz muddatini belgilab olishingiz mumkin.

Ko‘rgazmada kimlar ishtirok etadi?

- Restoranlar, kafe-barlar, tamaddixonalar va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalari,

- Professional restoran uskunalarini import qiluvchilar,

- Jilolash va qoplama materiallari ishlab chiqaruvchilar (laminat, parket, kafel, marmar, bo‘yoq va b.),

- Yorug‘liq chiroqlari ishlab chiqaruvchilari (lyustra, torsher, bra, dizaynerlik yechimlari),

- Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mutaxassislar (landshaft dizayni, ichki ko‘kalamzorlashtirish),

- Po‘lat va temir mahsulotlari (peshayvonlar, o‘rindiqlar, stol-stullar, to‘siqlar),

- Mebel do‘konlari, salonlari, sex va fabrikalar,

- Xom ashyo yetkazib beruvchilar va hamkorlar,

- HR-agentliklar,

- Reklama agentliklari (tashqi reklama, poligrafiya, marketing va mahsulotni ilgari surish),

- Ko‘chmas mulk agentliklari,

- Bayram va tantanalar tashkilotchilari (event-agentliklar, live-guruhlar, turli shoular),

- Biznesni avtomatlashtirish bo‘yicha xizmatlar vakillari,

- Davlat organlari va tuzilmalari (Soliq qo‘mitasi, FVV, IIV, SES, Davlat mulki qo‘mitasi).

2016 yilgi ko‘rgazma ishtirokchilari

Legion, SanVito Drinks LTD, Coca-Cola, Tryufel - Ejyen Tryuffo restorani, R-Keeper Cloud, Arbuz, MIRTA MET, Splash, Sulton sharbati, Ko'k Choy, Artishock – tez ovqatlanish restorani, CMI gastrobar Tashkent, Yaponamama.uz, Dena, Autoprom technology, Anica, Light art show, Cellini, E’tiqod mebel, MANGA.uz, Sushi Pitstsa Rollar, Pos systems, Concent time, Meri Poppins, XIVA CARPET, Aksesoriuz, Led Design Group.

II Xalqaro «EXPO Restaurants & Cafes 2017» ko‘rgazmasi 6-8 sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etish va batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

+998 71 238 56 00; +998 71 238 56 41.

Ko‘rgazmada ko‘rishguncha!

Top