08:21 / 25.04.2017
4679

Instagram ma'lum vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

Instagram ma'lum vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi.

Butun dunyo bo‘ylab Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari servisiga kira olishmaganidan shikoyat qilishdi. Bu holat haqida kecha kechqurun, Toshkent vaqti bilan soat 22:40 larda ma'lum bo‘ldi. Yangiliklar lentasidan tashqari, shuningdek, shaxsiy xabarlar va fotosuratlar e'lon qilish funksiyasi ham ishlamagan. 

The Next Web’ning ta'kidlashicha, bunday vaziyat butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni qamrab olgan: Shimoliy Amerikada, Yevropada, Osiyoda, Janubiy Amerika va O‘rta Sharqda ham shunday holat kuzatilgan. Xabarlarga ko‘ra, servis veb-versiyada ham, mobil versiyada ham ishlamagan.

Keyinchalik Instagram servisi ma'muriyati ijtimoiy tarmoqdagi muammolarni bartaraf etish ustida ishlar boshlanganini ma'lum qildi. Servis nima sababdan ishlamay qolgani – hozircha noma'lum.

Mavzuga oid
Top