09:26 / 25.04.2017
6938

"Nyukasl" Angliya Premer-ligasiga qaytdi

Angliya chempionshipining 44-turida "Nyukasl" klubi o‘z maydonida "Preston"ni 4:1 hisobida tor-mor etib, keyingi yil Angliya Premer-ligasida ishtirok etish huquqini o‘ziga kafolatlab qo‘ydi. "Hakkalar"ga APLga qaytish uchun bir mavsum kifoya qildi. Klub 2015/16 yillardagi mavsum natijalariga ko‘ra 18-o‘rinni egallab, quyi chempionatga tushib ketgandi. 

"Nyukasl" APLdan chiqib ketib, unga bir mavsumda qaytishga muvaffaq bo‘lgan 21-jamoa bo‘ldi. "Nyukasl"dan tashqari, chempionship yetakchisi "Brayton" ham APLga yo‘l oldi.

APLga yana bir yo‘llanma uchun "Reding", "Sheffild Uensdey", "Xaddersfild", "Fulxem" va "Lids" jamoalaridan 4 tasi kurash olib boradi. Hozirda chempionship  yakunlanishiga 2 tur qoldi.

"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites o‘zi murabbiylik qilayotgan klubni bir pog‘ona yuqori divizionga uchinchi marotaba olib chiqdi, avval u bunday natijaga "Ekstremadura" (1997/98) va "Sevilya" (2000/01) ispan klublari bilan erishgandi.

Top