21:55 / 25.04.2017
14262

«PSJ» dunyo transfer rekordini yangilashi mumkin

«Borussiya» Dortmund hujumchisi Per-Emerik Obameyang Fransiyaning «PSJ» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Get French Football nashri xabar tarqatdi.

Futbolchi yanvar oyida otasi bilan birga parijliklar sport direktori Patrik Klyuyvert bilan uchrashgan va faoliyatini davom ettirish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib muhokama qilgan. Futbolchi sovrinlar uchun kurash olib boradigan jamoa safiga o‘tishni istayotganini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Obameyang futbol tarixida 100 million funt sterlingga sotilgan ilk futbolchiga aylanishi mumkin.

Joriy mavsumda gabonlik hujumchi bundesliganing 28 uchrashuvida 27ta gol va 2ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top