10:56 / 25.04.2017
12609

«Real» Ramosga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildirmoqchi

«Real»dagilarning hisoblashicha Serxio Ramos «Barselona»ga qarshi o‘yin vaqtida nohaq ravishda qizil kartochka olgandi. AS xabariga ko‘ra, Madrid klubi ushbu futbolchisi Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida 26 aprel kuni «Deportivo»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi uchun unga berilgan kartochkani bekor qildirmoqchi.

23 aprel oqshomida o‘tkazilgan klasikoning 77-daqiqasida Ramos «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga ikki oyog‘ini juftlab tashlangan va uchrashuv hakami Alexandro Xose Ernandes unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgandi.

Intizomiy qo‘mita madridliklar jamoasining murojaatini 25 aprel kuni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top