21:50 / 25.04.2017
9587

Video: Shveytsariyalik bolakaydan "hissiyotga boy" ob-havo ma'lumoti

Shveytsariyaning TVO telekanali Sankt-Gallen shahridagi yarmarkada improvizatsiyalashtirilgan studiyani o‘rnatdi, bu yerda istagan odam o‘zini ob-havo ma'lumotini yetkazuvchi boshlovchi sifatida sinab ko‘rishi mumkin. Matnni nostandart o‘qib bergan Mika ismli bolakay ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Uning ishtirokidagi rolik FM1Today sahifasida taqdim etildi. 

Aftidan, Mika ob-havo haqida tez va baland ovozda gapirishga to‘g‘ri kelishini kutmagan ko‘rinadi. Bolakay nemis tilida so‘zlagani uchun esa, voqea yanada "vahimali" tus oldi.

"London - bulutli va yomg‘irli. Madridda bulut va yomg‘ir. Sankt-Gallen - quyoshli havo! Varshava... Voy! London - 6 daraja, Madrid - 10 daraja, Sankt-Gallen - 26 vergul nol daraja, Varshava - sakkiz daraja", - deya shoshib so‘zlagan Mika.

Shundan keyin bola Shveytsariyaning turli hududlaridagi  yog‘inlar va harorat haqida ma'lumot beradi. 

Kutilmagan mashhurlikka qaramay, Mika sinoptik bo‘lmoqchi emas. U kelgusida jonivorlar tadqiqotchisi bo‘lishni niyat qilgan. "Men jonivorlarni yaxshi ko‘raman, ayniqsa katta mushuklar va yirtqich qushlarni", - deydi u.

Sahifada shuningdek boshqa bolalar va kattalarning ham "ob-havo haqida bergan ma'lumotlari" taqdim etilgan.

Mavzuga oid
Top