19:46 / 26.04.2017
8844

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Rossiya, AQSh va Xitoyni birlashishga chaqirdi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Rossiya, AQSh va Xitoyni afg‘on mojarosini hal qilish yo‘lida birlashishga chaqirdi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi

Karzay Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro xavfsizlik anjumanida afg‘on mojarosida dunyo yetakchilari mintaqaviy salmoqli o‘yinchilar ishtirokida o‘z kuchlarini birlashtirsalargina yov tomonlarni yarashtira olishi mumkinligini ta'kidladi. Xususan, sobiq prezidentning ta'kidlashicha, Afg‘oniston Pokiston bilan yarashish va mojrolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni niyat qilgan.

Karzayning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, bu ikki tomonning ham moddiy, ham jismoniy yo‘qotishlaridan boshqa narsaga olib kelmaydi. Buning o‘rniga u milliy afg‘on forumini tashkil qilish taklifini berdi, u mamlakatning o‘zida xalqaro vositachilar ishtirokida yarashtiruv mexanizmini yaratish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek sobiq prezident Afg‘onistonda eng katta noyadroviy bombaning qo‘llanishini qoraladi. Bu zarbadan ko‘rilgan zararni baholash qiyin, deb hisoblaydi Karzay.

"Afg‘oniston terrorizm bilan kurashishda o‘z yo‘liga ega, shunday bo‘lsa-da, u bu tahdidlarga qarshilik qilish uchun kuchlarni birlashtirish kerak. Bu borada Rossiya "Tolibon" tomonni muzokaralarga jalb qilishi va muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga yordam berishi mumkin. Shunda Afg‘oniston harbiy ziddiyatlar emas, hamkorlik maydoniga aylanar edi", - deya ta'kidladi Hamid Karzay.

Top