18:16 / 26.04.2017
37024

Dunyodagi eng chiroyli manzarali aeroportlar aniqlandi

Dunyodagi eng chiroyli manzaraga ega aeroport deb Karib dengizining Saba orolida joylashgan Xuancho-Irauskin tan olindi. Turistlar bunday tanlovni go‘zal manzaralar va noodatiy tabiat tufayli qilishgan. Bu haqda PrivateFly tadqiqotchilik kompaniyasi saytida xabar berildi.

Bundan tashqari, Xuancho-Irauskin dunyodagi eng xavfli o‘nta aeroport ro‘yxatiga ham kiradi. Havo qo‘nalg‘asiga qo‘nish faqatgina uch turdagi samolyotlarga ruxsat beriladi, 400 metrli uchish-qo‘nish yo‘lagi esa dunyodagi eng qisqa, deb topilgan.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan Irlandiyadagi Donegol aeroporti joy oldi. Bu yerga faqatgina bir aviakompaniya muntazam reyslarni amalga oshiradi.

Uchinchi pog‘onada – Fransiyadagi aeroport: O‘rta yer dengizi qirg‘og‘ida joylashgan Nitstsa Lojuvard Qirg‘oq.

Shuningdek top-10ga Gibraltar, Kvinstaun (Yangi Zelandiya), London-Siti (Buyuk Britaniya), Malika Yuliana aeroporti (Karib orollari), Orlando (AQSh), Barra (Buyuk Britaniya) va Billi Bishop Toronto Siti (Kanada) aeroportlari ham kirdi.

Mavzuga oid
Top