13:35 / 26.04.2017
17670

«El-klasiko»ni qancha tomoshabin kuzatgani ma'lum bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real» va «Barselona» jamolari o‘rtasidagi uchrashuvni (2:3) televizor orqali tomosha qilgan muxlislar soni taxminan 650 million nafarni tashkil qilgan.

Ispaniyaning ikki grandi ishtirokidagi o‘yin umumiy hisobda 185dan ortiq mamlakatlarda translyatsiya qilingan.

Ispaniyada bu uchrashuvni TV orqali taxminan 2,6 million tomoshabin kuzatgan. Bu birinchi davrada «Nou Kamp»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvga nisbatan 349 mingga kamroq degani.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida o‘yin borasida eng ko‘p postlar Meksika, Indoneziya, Braziliya va AQShda kuzatilgani qayd etilgan.

As nashrining qo‘shimcha qilishicha, bu hozircha dastlabki taxminiy natijalar asosida tuzib chiqilgan ko‘rsatkichlar sanaladi.

Top