01:05 / 26.04.2017
24798

Fotojamlanma: Qisqichbaqalar Kubani ishg‘ol qildi

Kubada har yil aprelda "qisqichbaqalar mavsumi" – erkak va urg‘ochi qizil krablar birga uchrashadigan, ular migratsiyasining birinchi bosqichi boshlanadi. Krablar migratsiyasi vaqtida Kubada transport uchun cheklovlar amal qiladi.  Haydovchilar ehtiyotkorlik bilan yurishlariga to‘g‘ri keladi, chunki ularning mashinalari g‘ildiraklari ostida yuzlab krablar nobud bo‘lishi mumkin.  

Bu jarayonning yakunlovchi bosqichi krablarning dengizga kelib, uvulduruq otib, so‘ngra yana o‘rmonga qaytishlari bo‘ladi. Minglab qizil, alvon krablar g‘orlarni tark etib, shoshmagancha dengizga yo‘l oladilar. Bu tabiat manzarasi har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Mavzuga oid
Top