11:54 / 26.04.2017
6943

Google birdaniga uchta yangi smartfon chiqarmoqchi

Android Open Source loyihasi ishtirokchilari Google birdaniga uchta yangi Pixel smartfonlarini chiqarmoqchi ekanini aniqlashdi.

Pixel ikkinchi avlod smartfonlari Walleye, Muskie va Taimen degan nomlarni oladi. Taxminlarga ko‘ra, Walleye Pixel XL qurilmasining yangilangan nusxasi bo‘lsa, Muskie uchun esa oddiy Pixel asos qilib olindi.

Shu bilan birga, Taimen nomi ostida qanday qurilma bor ekani hozircha noma'lum. PhoneArena resursining fikricha, bu Pixel XL’dan ham katta displeyga ega bo‘lgan fablet yoki planshet ham bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ma'lum bo‘lishicha, uch qurilmaning barchasi Samsung Galaxy S8 va S8+’ga o‘rnatiladigan Qualcomm Snapdragon 835 chipseti negizida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Pixel’ning faqatgina ikkita yangi modelini chiqarish niyatida ekani haqida xabarlar tarqagandi. 

Mavzuga oid
Top