10:42 / 26.04.2017
12023

Xitoy o‘zi ishlab chiqargan aviatashuvchini suvga tushirdi

Foto: Reuters

Xitoy o‘zining ikkinchi, mustaqil ravishda ishlab chiqqan birinchi aviatashuvchisini suvga tushirdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

"Xitoyning ikkinchi aviatashuvchisi 26 aprel kuni ertalab Dalyan portida suvga tushirildi", — deyiladi xabarda. 

Xitoyning birinchi o‘z aviatashuvchisini qurish ishlari 2013 yil 11 noyabrda boshlangan edi. Yangi Type 001A kemasining uzunligi 315 metr, eni 75 metr, vazni 70 ming tonna. Uning kreyserlik tezligi soatiga 31 dengiz uzeli (57,41 km)ni tashkil etadi. Xitoy OAV xabariga ko‘ra, aviatashuvchi kema bortida 36ta "Tszyan-15" (J-15) qiruvchi samolyotlari joylashishi mumkin.

 

Top