10:15 / 26.04.2017
4107

Yildirim: Turkiya va Yevropa Ittifoqining munosabatlari eng past darajaga tushib ketdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Anqara va Yevropa Ittifoqining ikki tomonlama munosabatlari oxirgi vaqtdagi eng past darajaga tushib ketganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligida Yevropa kengashi parlament assambleyasining (YeKPA) Turkiyadagi vaziyatni monitoring qilishni qayta yo‘lga qo‘yishi haqidagi qarori "adolatsiz qaror" deb atalgandi. 

Yildirim Turkiya YeKPAning harakatlariga qarshi Yevropa ittifoqiga nisbatan javob choralar ko‘rishini aytgan.

Mavzuga oid
Top