18:06 / 26.04.2017
48403

“Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovining g‘oliblari aniqlandi

Foto: Ziyouz.com | Davronbek Tojialiyev

Bugun poytaxtdagi “Xoja Alambardor” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti, Toshkent islom universiteti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari talabalari ishtirokida “Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali xabar berdi.

An'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan bunday ko‘rik-tanlov yurtdoshlarimizning Qur'oni karimni o‘qib-o‘rganish, yodlash, tinglash hamda tajvid qoidalarini yanada puxta o‘rganishga bo‘lgan mehr-muhabbatining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Ziyouz.com | Davronbek Tojialiyev
Foto: Ziyouz.com | Davronbek Tojialiyev

Qur'oni karimni yodlagan iqtidorli talabalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash,  ulardagi noyob fazilatlarni  yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Qorilar musobaqasi”ning Respublika bosqichi ikki yo‘nalishda o‘tkazildi. Birinchi yo‘nalish murattab qorilar, ikkinchi yo‘nalish mujavvid qorilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Ziyouz.com | Davronbek Tojialiyev

Murattab qori yigitlardan: 1-oliy o‘ringa Toshkent islom instituti talabasi Rahmonberdi Abdulaziz qori, 1-o‘ringa Sayyid Muhyiddin Maxdum madrasasi talabasi Abdumalikov Sirojiddin qori, 2-o‘ringa Ko‘kaldosh madrasasi talabasi Abdumalikov Nizomiddin qori, 3-o‘ringa Mir Arab madrasasi talabasi Mirboboyev Mirabbos loyiq topildi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

 Mujavvid qori yigitlardan: 1-o‘ringa Faxriddin ar-Roziy madrasasi talabasi Homidov Muhammadyusuf, 2-o‘ringa Muhammad al-Beruniy madrasasi talabasi Pirxonov Nasibilloh qori, 3-o‘ringa Mir Arab madrasasi talabasi Ahmadjonov Qodirali munosib ko‘rildi.

Murattab  qoriya qizlardan: 1-o‘ringa Xadichai Kubro madrasasi talabasi Ishoqjonova Muhsina, 2-o‘ringa Toshkent islom instituti talabasi Nurmatova Shohistaxon, 3-o‘ringa Jo‘ybori Kalon madrasasi talabasi Yahyoyeva Shahnoza loyiq topildi.

Mujavvid qoriya qizlardan: 1-oliy o‘ringa Toshkent islom instituti talabasi Najmiddinova Robiya, 1-o‘ringa Xadichai Kubro madrasasi talabasi Umaraliyeva Dilnozaxon, 2-o‘ringa Jo‘ybori Kalon madrasasi talabasi O‘rinova Lutfiya, 3-o‘ringa Toshkent islom universiteti talabasi Jaloliddinova Mahfuza munosib deb topildi.

Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Ziyouz.com | Davronbek Tojialiyev

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Top