17:38 / 26.04.2017
7115

Sarkozi Fransiya prezidenti saylovlari ikkinchi turida kimga ovoz berishini aytdi

Foto: Reuters

Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi davlat rahbari saylovlarining ikkinchi turida nomzod Emmanuel Makron uchun ovoz berishini ma'lum qildi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.

Uning fikricha, ikkinchi nomzod - «Milliy front» o‘ng partiyasi yetakchisi Marin Le Pen g‘alaba qozonadigan bo‘lsa – Fransiyani «juda jiddiy oqibatlar» kutib turibdi.

«Shuning uchun men prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Emmanuel Makron uchun ovoz beraman. Bu uning dasturini qo‘llab-quvvatlash emas, bu mas'uliyatni tanlashdir», - deya yozgan Sarkozi.

Top