08:29 / 27.04.2017
6874

«Borussiya» «Bavariya»ni yengib Germaniya kubogi finaliga yo‘l oldi

Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya kubogi yarim final bahsida «Bavariya» jamoasini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Myunxenning «Alyants-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

19-daqiqada Rafael Gerreyro to‘pni egallab olib, darvoza tomon yugurdi va ustunni nishonga oldi, Marko Roys qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va hisobni ochdi. Birinchi yarim soatlik yakunlanib borayotgan vaqtda Xavi Martines havodagi kurashda ustun kelib, to‘pni boshi bilan darvozaga joyladi. 41-daqiqada Frank Riberi himoyachini himoyachini aldab, jarima maydoni markaziga to‘pni yetkazdi. Bu yerda Mats Xummels pastki burchakni aniq nishonga oldi. 

69-daqiqada Usmon Dembele o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, to‘pni uzoq ustun tomon yo‘lladi, bu yerdan Per-Emerik Obameyyang boshi bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan besh daqiqa o‘tgach, Roys tezkorlik bilan amalga oshirilgan qarshi hujumda Gerreyrodan to‘pni qabul qilib olgach, Dembelega uzatdi. U esa himoyachini aldab o‘tib, uzoq yuqori burchakka aylanuvchi zarba berdi. 

Kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda g‘alaba qozongan «Borussiya» D Germaniya kubogi finalida «Ayntraxt» bilan kuch sinashadi.

Top