11:30 / 27.04.2017
18659

Jahon mamlakatlarida matbuot erkinligi bo‘yicha reyting e'lon qilindi

«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti dunyoning 180 mamlakatida faoliyat yurituvchi OAVlari erkinligi va so‘z erkinligiga doir hisobotini e'lon qildi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 169-o‘ringa (2015 yilda 166-o‘rin) munosib ko‘rilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirg‘iziston 89-o‘rinni egallab, bu borada eng yuqori natijani ko‘rsatib turibdi. 

Qozog‘iston 157-, Tojikiston 149-o‘rinni egallagan. Rossiya 2015 yildagi kabi 148-o‘ringa joylangan bo‘lsa, AQSh natijasi ham unchalik qoniqarli emas. Amerika 43-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

OAV va so‘z erkinligi eng yuqori darajada ta'minlangan davlatlar beshligiga Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Niderlandiya kiritilgan.

Eng erksiz OAV esa, Xitoy, Suriya, Turkmaniston, Eritreya va Shimoliy Koreyada deb topilgan. 

Mavzuga oid
Top