10:10 / 27.04.2017
7649

Damashq xalqaro aeroporti yaqinida portlash ro‘y berdi

Foto: hamrinnews

Suriya poytaxti Damashq shahri xalqaro aeroporti yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda Al Mayadeen xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, aeroport ichida ham yong‘in sodir bo‘lgan.

Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlariga rioya etish bo‘yicha monitoring markazidan ma'lum qilishlaricha, ayni damda portlash sabablari noma'lum.

Avvalroq Suriyaning Xoms viloyatida yo‘lovchi avtobusida yuz bergan portlash natijasida 10 nafardan ortiq kishi jarohat olgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top