16:31 / 27.04.2017
8860

Xitoy armiyasida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Reuters

Xitoy harbiy kuchlari (HK) armiya guruhlari sonini 18 tadan 13 tagacha qisqartiradi. Bu haqida XXR Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Yan Yuytszyunning so‘zlariga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi.

"Bunday o‘zgarishlar mamlakatimizda yangi turdagi modernizatsiyalashgan armiyalarni yaratish sari qo‘yilgan asosiy qadamdir. Natijada Xitoy harbiy kuchlari son emas, sifat tamoyiliga ko‘ra shakllanadi, bu esa ularning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi", - deya ta'kidladi u. 

2015 yilning noyabrida XXR raisi Si Tszinpin armiyada keng ko‘lamli islohotlar kutilayotgani haqida aytgan edi. 2018 yilga borib harbiy kuchlar soni 300 ming kishiga qisqarish bilan birga, HK tashkiliy-shtat tuzilmasida ham o‘zgarishlar kuzatiladi, ularning 2020 yilga borib tugallanishi ma'lum qilingan.

Bir vaqtning o‘zida Xitoyda armiya ehtiyojlariga sarflanadigan xarajatlarning o‘sishi kuzatilmoqda: joriy yilda ular taxminan 7 foiz (mamlakat YaIMdan 1,3 foiz) ga o‘sib, - 1 trillion yuandan (145 milliard dollardan) oshadi. 

Top