15:00 / 27.04.2017
54273

Kommunal to‘lovlarni amalga oshirmagan shaxslar majburiy undiruvga tortilmoqda (Foto)

Barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan hozirgi kunda uylar jo‘mraklaridan oqib turgan issiq suv kundalik hayotning bir bo‘lagi. Bu qulayliklar xonadonimizni bir kunga tark etsa ham bizga ancha noqulayliklar tug‘dirib, qiynab qo‘yadi. Lekin issiq suvga to‘lovlarni vaqtida to‘lash ba'zi fuqarolarni og‘rintirib qo‘ymoqda.

Vaqtida bajarilmagan majburiyatlarni sudning qarori orqali bajarilishini ta'minlash sud ijrochilarining vazifasi bo‘lib, qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida ular tinmay o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. 

Sud departamenti matbuot xizmatining bergan ma'lumotlarga ko‘ra, sud ijrochilarining Olmazor tumani bo‘limi ish yurituvida 2017 yil davomida 31,5 mingta, ya'ni 13,5 mlrdga yaqin so‘mlik ijro xujjatlari mavjud bo‘lgan, shundan 27.764 ta ya'ni 10,5 mlrd so‘mdan ortig‘i “Toshissiqquvvat” foydasiga qarz undirish to‘g‘risida ijro xujjatlarini tashkil etadi. 

Foto: Kun.uz

Shundan, 19,5 mingta, ya'ni 7,6 mlrd so‘mdan ortiq ijro xujjatlarining ijrosi ta'minlangan. Qoldiqdagi qarzdorliklarni undirish maqsadida shu kunlarda  58 ta guruh tashkil etilib jami 180 nafar xodim, shundan 112 nafar sud ijrochilari hududlarga safarbar qilingan va buning natijasida 1,2 mlrd so‘m dan ortiq mablag‘ “Toshissiqquvvat” foydasiga undirildi. Natijada jami 3 mingga yaqin sud hujjatlarining ijrosi amalda ta'minlandi. 

Tadbir davomida qarzdorliklar ishchi guruhlar tomonidan naqd pul va terminal orqali undirilayotgan bo‘lsa, ayrim holatlarda qarzdorlarning mol-mulkini xatlash yo‘li bilan ham amalga oshirilmoqda. 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Ayni damda Olmazor tumanida tadbir davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top