22:08 / 27.04.2017
14616

Kreml 29 apreldagi namoyishga munosabat bildirilishidan ogohlantirdi

Rossiya hukumati muxolifatning 29 aprelda Moskvada o‘tkazilishi belgilangan kelishilmagan aksiyasi davomida qonunga xilof harakatlar yuz bersa, qonun doirasida bunga javob beradi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma'lum qildi. 

"Moskva shahri qonuniy ravishda yig‘ilib, u yoki bu aksiyalarni o‘tkazish imkoniyatini taqdim qilishga tayyorlikni bildirgan vaziyatda yana qonunga xilof harakatlarni amalga oshirishga chorlayotgan ba'zi kimsalar borligini bilamiz. Shunga qaramasdan, baribir noqonuniy harakatlarga chaqiruvlar yangramoqda. Bu, albatta, hukumatning munosabatiga – qonun doirasidagi mutlaq qonuniy munosabatlarga olib keladi", deb aytdi Peskov.

"Otkrytaya Rossiya" tashkiloti 29 aprelda Moskvada norozilik namoyishini o‘tkazish rejasini e'lon qilgandi. Tashkilotchilar namoyishni Ilinka ko‘chasidagi prezident ma'muriyati yonida o‘tkazishga ariza berishgan. Biroq Moskva meriyasi namoyishni boshqa joyda o‘tkazishni taklif qilgan. Tashkilot koordinatori namoyish o‘tadigan yo‘nalish o‘zgartirilmasligini aytgan. 

Mavzuga oid
Top