00:42 / 27.04.2017
15952

La-Liga. "Barselona" - "Osasuna" o‘yinida 8ta gol kiritildi

Ispaniya chempionatining 34-turida "Barselona" o‘z uyida "Osasuna"ni qabul qildi. 8ta gol kiritilgan uchrashuv "Barselona"ning 7:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Hisob 12-daqiqada Messi tomonidan ochilgan bo‘lsa, 30-daqiqada Andre Gomesh oradagi farqni 2taga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqadasi mehmonlarning yagona goli kiritildi – Torres jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 57-daqiqada Andre Gomesh dubl qayd etib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Messi ham o‘yindagi 2-golini kiritdi. Pako Alkaser ham 64- va 86-daqiqalarda gol kiritib, o‘z hisobiga dubl yozib qo‘ygan bo‘lsa, 67-daqiqada Maskerano penaltini aniq amalga oshirib, jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 

Barselona – Osasuna 7:1 (2:0, 5:1)
Gollar:
1:0 – 12 Messi, 2:0 – 30 Andre Gomesh, 2:1 – 48 Torres, 3:1 – 57 Andre Gomesh, 4:1 – 61 Messi, 5:1 – 64 Pako Alkaser, 6:1 – 67, penalti Maskerano, 7:1 – 86 Pako Alkaser.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Pike, Rakitich, Denis Suares, Buskets, Turan, Andre Gomesh, Pako Alkaser, Messi (Alenya, 63).
Osasuna – Sirigu, Mondragon, Fuentes, Bunyuel, Sanxurxo, Merida (Chaushich, 79), Tensa, Romero (Olavide, 72), Torres, de la Kuevas, Leon (Kodro, 73).

Top