09:21 / 27.04.2017
6681

OAV: Hindiston Kashmirida jangarilar harbiy lagerga hujum qildi

Foto:Representational image

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi harbiylar lageriga jangarilar hujum qildi. Ikki nafar jangari yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda NDTV telekanali.

Hodisa Panzg‘om aholi punkti yaqinidagi Kupvara okrugida sodir bo‘lgan. Telekanalga ko‘ra, jangovar to‘qnashuv va otishmalar davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jammu va Kashmir shtatida ayirmachilar faol harakat qiladi. Ular mustaqillik yoki Pokistonga qo‘shilish tarafdorlaridir. Ularni mahalliy aholining bir qismi qo‘llab-quvvatlaydi hamda tez-tez tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keluvchi norozilik namoyishlari o‘tkazib turadi. 

Bundan tashqari, aprel oyi boshlaridan Kashmirdagi vaziyat yana taranglasha boshladi. 

Top