12:39 / 27.04.2017
19310

Poroshenko Putin bilan bahslashgan elchini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Doroshenkoni o‘z farmoni bilan ishdan bo‘shatdi. Hujjat Ukraina rahbari saytida e'lon qilingan.

- Nikolay Doroshenko Ukrainaning Qirg‘iziston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etilsin, - deyiladi xabarda.

Bunday qarorga nima sabab bo‘lgani ko‘rsatilmagan. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentabrida Doroshenko MDH rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etayotgan Vladimir Putin yonida tashkilotdagi raislikni Rossiyaga berishga qarshi chiqqandi. Shundan so‘ng bahs boshlanib ketdi hamda Rossiya rahbari Qrim mamlakatga Kiyevning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli qo‘shilganini ma'lum qildi.

Nikolay Doroshenko/sm-news.ru
Top