08:12 / 27.04.2017
6610

«PSJ» - «Monako» - 5:0. Emeri shogirdlari Fransiya kubogi finalida

Fransiyaning «PSJ» jamoasi Fransiya kubogi yarim finalida «Monako»ni tor-mor etdi. Parijning «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

O‘yinning ilk yarim soati yakunlanayotgan vaqtda Morgan De Sanktis Anxel Di Mariyaning darvoza tomon yo‘llagan to‘pini qaytarishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p esa jarima maydoniga yetib kelgan Edinson Kavaniga kelib tushdi. U himoyachi bilan kurashda ustunlik qildi va to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. 31-daqiqada Di Mariya Kavaniga yana bir ajoyib golli uzatma qildi, u bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi. 

50-daqiqada parijliklar «Monako» darvozasi tomon tepgan to‘pini qaytarishda mehmonlar vakili Safvan Mbaye ehtiyotsizlik qilib to‘pni qorni bilan o‘z darvozasiga kiritdi. Oradan ikki daqiqa o‘tgach, Di Mariya darvozaning uzoq burchagi tomon zarba berdi, bu yerda Bled Matyuidi bo‘sh darvozani ishg‘ol qilish bilan hujumni yakunladi. O‘yin nihoyasida Markinos beshinchi golni kiritdi. 

Shunday qilib, Unai Emeri shogirdlari Fransiya kubogida «Anjye» bilan kuch sinashadi. 

Top