16:01 / 27.04.2017
8693

Velosport bo‘yicha terma jamoa uchun o‘rinbosar sportchilar saralab olinmoqda

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun munosib o‘rinbosar sportchilarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida musobaqalar o‘tkazildi.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan  XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-son qarorining chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017 yil 11-apreldagi “Velosport shosse bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining ko‘p kunlik velopoygasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 183-son buyrug‘i asosida o‘tkazildi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sportchilari ishtirok etdilar.

70 kilometr masofaga vaqtga poyga o‘tkazildi. Bu poygada 1-o‘rinni Siddikov Dilmurod, 2-o‘rinni Xalmurodov Murodjon va 3-o‘rinni Shukurov Romanlar egalladi.

100 kilometr masofaga o‘tkazilgan poyga quyidagicha yakunlandi: 1-o‘rin Ollomov Doston, 2-o‘rin Karimov Ruslan, 3-o‘rin Sunnatov Akrom.

132 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada kuchlilar yana g‘alaba qozondilar va musobaqa quyidagicha yakunlandi: 1-o‘rin Ollomov Doston, 2-o‘rin Karimov Ruslan, 3-o‘rin Sunnatov Akrom.

30 aylanalik (70 kilometr masofaga) guruh poygalari yakunlari bo‘yicha 1-o‘rinni O‘zbekison Chempioni Ollomov Doston, 2-o‘rinni Karimov Ruslan va 3-o‘rinni Sunnatov Akrom egalladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.  

 

Shuningdek, Namangan viloyati Namangan shahrida velotrek bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sportchilari ishtirok etdilar.

Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun munosib o‘rinbosar sportchilarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash.

2003-2004 yillarda tug‘ilgan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida vaqt bo‘yicha o‘tkazilgan poygada 1-o‘rin Gaffarov Arslan, 2-o‘rin Ischanov Ravshan, 3-o‘rin Vaulin Nikitaga, 2001-2002 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida vaqt bo‘yicha o‘tkazilgan poygada esa 1-o‘rin Misyurina Margarita, 2-o‘rin Kuskova Yanina va 3-o‘rin Karimova Sofiyaga nasib etdi.

1999-2000 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi poyga 1-o‘rin Jantuganova Olga, 2-o‘rin Matafonova Darya va 3-o‘rin Zyablikova Anna nasib etgan bo‘lsa, 2001-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy poygalarda 1-o‘rin Chirchik olimpiya zahiralari kolleji o‘quvchilari, 2-o‘rin Respublika olimpiya zahiralari kolleji va 3-o‘rin Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji va Toshkent viloyati sport maktabi tomonidan egallandi.

1999-2000 yilarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida jamoaviy poygalarda 1-o‘rin Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji va 1-sonli bolalar sport maktabi o‘quvchilari, 2-o‘rin Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji, 3-o‘rin Respublika olimpiya zahiralari kollejiga nasib etdi.

Top