15:44 / 28.04.2017
63968

Foto: Yangi Chevrolet Malibu Toshkent ko‘chalarida

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilaridan biri poytaxt ko‘chalarida yangi Chevrolet Malibu sedanini ko‘rganini ma'lum qildi. Bu haqda 1news.uz xabar tarqatdi

Fotosurat Facebook’dagi ushbu guruh foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan.

«Toshkent ko‘chalarida yangi Malibu», - deya yozgan surat muallifi.

26 aprel kuni GM Uzbekistan aksionerlik jamiyati butunlay yangilangan Chevrolet Malibu biznes-toifa sedanini ishlab chiqarishga kirishgani haqida kompaniyaning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilingandi.

Yangi Malibu hajmi 185 ot kuchiga ega 2,5 litrga teng benzinli motor bilan jihozlangan. U 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisiga ega.

Top