08:36 / 28.04.2017
4401

Makedoniya parlamentida muxolifat yetakchisi do‘pposlandi

REUTERS / Ognen Teofilovski

Makedoniyada namoyishchilar "Yagona Makedoniya uchun" aksiyasi davomida mamlakat parlamentiga spiker etib etnik alban Tal'at Jafariy saylangandan keyin parlament binosiga bostirib kirib, muxolifat yetakchisi Zoran Zayev va bir necha deputatlarni kaltaklashdi. Bu haqda Makedoniya televideniyesi xabar bermoqda.  

Makedoniya parlamenti deputatlari avvalroq Jafariyni ko‘pchilik ovoz bilan spiker qilib saylashgandi. Jafariy alban ozchiligining DUI partiyasini bildiradi. Ovoz berish natijalari "Yagona Makedoniya uchun" harakati faollari parlament binosiga kirib, muxolif Makedoniya sotsial-demokratik ittifoqi (MSDI) deputatlariga hujum qilishgandan keyin ommaviy oshkor qilindi.

@rs_sputnik

"MSDI yetakchisi Zoran Zayev va deputat Damyan Manchevski yana ikki partiyadoshlari bilan parlamentda jarohat oldilar. Namoyishchilar yig‘ilishlar zaliga kirib, deputatlarga narsalar uloqtira boshlashgan va ularni do‘pposlashgan", deb xabar bergan "Telma" telekanali.

@ryamauti

Bundan avval Zayev mamlakat prezidenti George Ivanovga yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilishiga mandat berish talab qilingan, ko‘pchilik deputatlar tomondan imzolangan hujjatni topshirgan. Prezident bu talabni rad etgan va u davlatning unitar xarakteri va suverenitetini xavf ostiga qo‘yishini va alban ozchiligi manfaatlari yo‘lida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar qilinishi kerakligini anglatishini aytgan.

@rs_sputnik

 

Mavzuga oid
Top