11:40 / 28.04.2017
23983

Tillerson: Kim Chen In tentak emas

Foto: AFP

Maxsus xizmatlar olib borgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatganki, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning aqli joyida. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, shimolliklar rahbari aql bilan qarorlar qabul qila oladi.

«Barchasi shuni ko‘rsatmoqdaki, u biz o‘ylagandek tentak emas. U shafqatsiz bo‘lishi mumkin, qotil bo‘lishi mumkin, u turli qabih ishlar sodir etgan bo‘lishi mumkin, ammo bizning baholarimizga ko‘ra u irratsional shaxs, u aqldan mosuvo bo‘lmagan», — deya Tillersonning so‘zlarini keltirgan The Hill.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi voqealar ham Kim Chen In aql bilan ish olib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Bundan oldinroq Tillerson AQSh KXDRda tuzumni ag‘darish niyatida emasligi haqida gapirgandi.

Mavzuga oid
Top